O'z domeningizdan, DKIM imzosi bilan yuboring. Har bir xatning holati jurnalda va webhook orqali. Oyiga 3 000 ta xat — bepul.
SMTP server sozlash, IP obro'si va DNS bilan qiynalmang — xatni API'ga bering, qolganini biz qilamiz.
Har bir xat sizning domeningiz DKIM kaliti bilan imzolanadi — SPF/DKIM/DMARC tekshiruvlaridan o'tadi.
JSON'da from, to, subject va html — tamom. HTML shablonlar, o'zgaruvchilar va ilovalar qo'llab-quvvatlanadi.
Har bir xat va qabul qiluvchi bo'yicha holat: navbatda, yetkazildi, qaytdi — panelda va API orqali.
Yetkazildi yoki qaytdi hodisalari imzolangan so'rov bilan serveringizga darhol yuboriladi.
Mavjud bo'lmagan manzillar avtomatik bloklanadi — obro'ingiz va yetkazish darajangiz saqlanadi.
Qabul qiluvchi server vaqtincha javob bermasa, xat 48 soat davomida avtomatik qayta yuboriladi.
Har bir qabul qiluvchi — bitta xat. Kichik loyihadan boshlang, o'sganingizda oshiring.
Barcha mijozlar umumiy server obro'sidan foydalanadi. Shuning uchun reklama va ommaviy tarqatmalar taqiqlangan — bu sizning xatlaringiz Inbox'ga tushishini kafolatlaydi.
Ro'yxatdan o'ting, domeningizni qo'shing va panelda ko'rsatilgan bitta TXT yozuvini DNS'ga kiriting. Domen tasdiqlangach, API kalit yarating va birinchi xatni yuboring.
API 429 kodi va tushunarli xabar qaytaradi, xat yuborilmaydi. Kunlik limit yarim tunda, oylik limit oy boshida yangilanadi. Qo'shimcha paket olib, oy oxirigacha davom etishingiz mumkin.
Bitta odamga qisqa vaqtda juda ko'p xat — odatda xato yoki suiiste'mol belgisi. Tasdiqlash kodini qayta yuborish uchun bu chegara bemalol yetadi.
Hozircha Click, Payme yoki karta orqali. Panelda "Tarif" bo'limidan tarifni tanlang va biz bilan bog'laning — to'lovdan so'ng tarif darhol yoqiladi.
Hozircha faqat HTTP API. Istalgan tilda bitta POST so'rov bilan ishlaydi — Python, Node.js, PHP, Go va boshqalar uchun misollar hujjatlarda.